Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar murojaatlari yechimini topmoqda Prezidentimizning | TerDU rasmiy kanali

Yoshlar murojaatlari yechimini topmoqda

Prezidentimizning yoshlar bandligini taʼminlash, sifatli taʼlim bilan qamrab olish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda sogʻlom fikrlashlariga zamin yaratish boʻyicha tegishli vazifalari asosida Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov tomonidan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Termiz shahridagi Yoshlar markazida “qizil” toifaga kiritilgan yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, sektor rahbarlari, tashkilot va korxona masʼullari, ishtirok etishdi.

Uchrashuvda mutasaddilar yoshlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi.

Unga ko'ra, Termiz shahridan "qizil" toifaga kiritilgan yoshlarning qiziqishlariga qarab Termiz davlat universitetida ingliz tili, IT va sport to'garaklari bepul tashkil etilishi ma'lum qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt