Get Mystery Box with random crypto!

ULUG'IMSAN VATANIM Termiz davlat universitetida talabalarning | TerDU rasmiy kanali

ULUG'IMSAN VATANIM

Termiz davlat universitetida
talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Xorijiy filologiya fakulteti tashabbusi bilan 4-TTJ hovlisida “Ulug‘umsan vatanim“ nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida M.Yusuf ijodidan she’rxonlik kechasi, osh tayyorlash musobaqasi, moziyga nazar, “Yoshlar orolni asraydi” mavzusida rasmlar tanlovi, “Havaskor gitara ishqibozlari”, jonli karaoke va “5 tashabbus” doirasidagi shaxmat-shashka sport musobaqalari tashkil etildi. Tanlovlarda talabalar faol ishtirok etib, o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi.

Tadbirning ijodiy kechasida fakultet “QVZ” jamoasining chiqishlari va “Ulug‘imsan vatanim” nomli konsert yig‘ilganlarga xush kayfiyat baxsh etdi. Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan talabalar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Saytэ