Get Mystery Box with random crypto!

#Erasmus #Gratulation TerDUning ikki nafar talabasi Germaniya | TerDU rasmiy kanali

#Erasmus #Gratulation

TerDUning ikki nafar talabasi Germaniyada akademik almashinuv o’qishini boshladilar

Termiz davlat universiteting Xorijiy filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti: nemis tili yo'nalishi 4- kurs talabasi Furqat Jumayev va 3-kurs talabasi Gulnoza Eshniyozova Germaniyaning Myunster shahridagi Vilgelm nomidagi Myunster universitetining Germanistika institutida Yevropa Ittifoqining ERASMUS + dasturi doirasida 6 oy muddat davomida akademik almashinuv o'qishini boshladilar.

Termiz davlat universiteti rahbariyati stipendiantlarni ushbu katta yutuq bilan chin dildan tabriklaydi va kelajakdagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaydi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt