Get Mystery Box with random crypto!

#befarq_emasman #Referendum Yangi Konstitutsiya matni 65 foi | TerDU rasmiy kanali

#befarq_emasman
#Referendum

Yangi Konstitutsiya matni 65 foizga yangilanmoqda

Sariosiyo tumanidagi ʼʼHulkarʼʼ mahalla fuqarolar yigʻinida mahalla raisi M.Boʻtayev va xotin-qizlar faoli B.Norova, Termiz davlat universiteti ʼʼAlgebra va geometriyaʼʼ kafedrasi mudiri S.Choriyeva hamkorligida mahalla aholisi bilan ʼʼYangi konstitutsiya — inson huquqlarining kafolatiʼʼ nomli tadbir oʻtkazildi.

Unda Konstitutsiyaning oʻzgarayotgan moddalari haqida toʻliq maʼlumotlar berildi.

Yangi konstitutsiyada moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga koʻpaygani maʼlumot sifatida keltirildi. Shuningdek, 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual oʻzgarish kiritilayotgani taʼkidlanib, bu bilan Konstitutsiya matni 65 foizga yangilandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda Konstitutsiyani oʻzgartirish boʻyicha xalq saylovi – referendum 30-aprelga belgilangan.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt