Get Mystery Box with random crypto!

Ijodkorlar va talaba-yoshlar uchrashuvi Yoshlarni adabiyotga | TerDU rasmiy kanali

Ijodkorlar va talaba-yoshlar uchrashuvi

Yoshlarni adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yozuvchi, shoirlarning hayoti va ijodi bilan tanishtirish maqsadida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari B.Ergashov, Yoshuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo'linmasi rahbari M.Ollomurod, shoir Sh.Salom Termiz davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev va yozuvchilar uyushmasi a’zolari, professor–o‘qituvchilar hamda adabiyotga ixlosmand talaba-yoshlar ishtirok etgan uchrashuv taasurotlarga boy bo‘ldi.

Sababi uchrashuv davomida ijodkorlar yoshlarga o‘zining hayot yo‘li, erishgan yutuqlari boshdan kechirgan qiyinchiliklar va ijod maxsulining yaratilish tarixi haqida birima-bir so‘zlab berishdi va she’riyat a’zolari o‘zlaring she’rlaridan namunalar keltirishdi. Shuningdek, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yosh ijodkor Bek Alining "Voh" nomli kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt