Get Mystery Box with random crypto!

Termiz davlat universitetida Yoshlar masalalari va  maʼnaviy-m | TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universitetida Yoshlar masalalari va  maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev rahbarligida yangi o‘quv yili tayyorgarligiga bag‘ishlab kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha fakultet raislari, TTJl nazoratchilari hamda tarbiyachilar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda talabalarning tartib-intizomi, kontrakt to‘lov shartnomalarini to‘lash, tadbirlarda va sport musobaqalarida qatnashgan faol talabalarni rag‘batlantirish tartibi kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari talabalarni TTJlarga joylashtirish qoidalari hamda ijarada turadigan talabalar uchun universitet tomonida beriladigan imkoniyatlar tushuntirib o‘tildi.

Yakunida yangi o‘quv yili uchun kerakli vazifalar belgilab olindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Termiz davlat universiteti rasmiy kanali