Get Mystery Box with random crypto!

Abiturient do'stimga maslahatlarim 2 Hozir sen asosiy deb o'y | Temuriy || Blog

Abiturient do'stimga maslahatlarim 2

Hozir sen asosiy deb o'ylayotgan, aslida hayotingda arzimas bo'lgan imtihonga ham oz qoldi. Demak, eng muhim davrlar.

Ushbu davr barchaning hayoli chalg'ib, lanjlik va darslardan zerikish avj oladigan mavsum boshlanishi hisoblanadi. Kimki, shu damlarda o'zini qo'lga olib, doimgidek tempda davom etsa, o'zi kutgan natijaga erishishiga ishonaman.

Ko'pchilik sobiq abiturientlar yaxshi bilishadi. Aynan shu bahor oxiri, yoz boshlariga yaqin ko'pchilik o'qishni birdan tashlab yuboradi. Bo'lajak g'oliblar esa aynan shu paytda yuqori darajaga chiqish uchun harakatni kuchaytirishadi.

Oxirgi xulosa doimgidek o'zingdan.

P.s: 1-qism

@Temuriy_blog