Get Mystery Box with random crypto!

Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy S21 Ultra 5G’ning imkon | Telefonzone

Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy S21 Ultra 5G’ning imkoniyatlari bilan birga iPhone 12 Pro Max ustidan kulgani namoyish etilgan yangi reklama roliklari bilan bo‘lishdi

15 soniyali roliklarda Samsung va Apple flagmanlarining asosiy kameralari imkoniyatlari taqqoslangan. Rolik avvalida Your phone upgrade shouldn’t be a downgrade (“Telefoningizning yangilanishi yomonlashuv bo‘lishi kerak emas”) shiori ko‘rsatilgan.
Rolikda asosan smartfonlardagi zum va teleobyektiv farqlari namoyish etilgan va oxirida tomoshabinga savol bilan yuzlanilgan: “Yetarlicha yaqinmi?”

Ikkinchi rolikda esa yirik plandagi detallar taqqoslangan va tomoshabindan “Yetarlicha batafsilmi?”, deya so‘ralgan. Tabiiyki, ikkala holatda ham oradagi farq yaqqol ko‘zga tashlanadi va bu iPhone 12 Pro Max foydasiga emas.

T.me/TelefonZone