Get Mystery Box with random crypto!

SEUL SHAHAR TA’LIM BOSHQARMASI 2022-YIL MART OYIDAN BOSHLAB CH | Telefonlar Koreya №1

SEUL SHAHAR TA’LIM BOSHQARMASI 2022-YIL MART OYIDAN BOSHLAB CHET ELLIK FUQAROLARNING FARZANDLARIGA HAM KOREYS MILLATIGA MANSUB BOLALAR BILAN BIR XIL DARAJADA BOG’CHA PULI DAVLAT TOMONIDAN TO’LANADI DEB E’LON QILDI.

Kimlarga taaluqli : Seul shahridagi davlat yoki xususiy bog’cha(공립/사립 유치원)ga qatnayotgan chet ellik ID kartasiga ega bo’lgan 3~5 yoshli chet ellik bolalarga tegishli bo’lib, koreys millatiga mansub bolalar bilan bir xil darajada davlat bog’cha to’lovi 150,000von, xususiy bog’cha to’lovi 350,000von DAVLAT TOMONIDAN TO’LANADI.

Bog’cha pulini davlat tomonidan to’lash arizasini bog’chaga tashrif buyurib, ID karta kopiyasi va Chet ellik fuqaro sifatida ro’yxatdan o’tgan hujjat(외국인 등록 사실증명서)ni topshirsalar bo’ladi.

ESLATIB O'TAMIZ : 어린이집(yasli)ga qatnaydiganlarga emas, 유치원(bog’cha)ga qatnaydiganlarga taaluqli.
@seul_global_markazi
E’lon bo’yicha savollar bo’lsa, 02-2075-4143