Get Mystery Box with random crypto!

​​#diqqat Endilikda, PCR testi sertifikatining muddati O'zbek | Telefonlar Koreya №1

​​#diqqat Endilikda, PCR testi sertifikatining muddati O'zbekiston hududiga kirish vaqtidan hisoblaganda 72'soatdan oshmagan bo'lishi kerak

Avvallari uchish vaqtidan hisoblanganda 72'soat hisoblangan bo'lsa, endi qo'nish vaqtidan 72'soat hisoblanadigan bo'ldi.

Inchondan Toshkenga uchadigan bo'lsangiz, siz uchadigan reysga qarab Koreyada PCR test topshirishingiz mumkin bo'lgan vaqtlar quyidagicha:

AsianaAirlines (yakshanba 00:50 dan keyin)
Dushanba ertalab topshirib, Seshanba javobini olib, Chorshanba uchish mumkin.

KoreanAir (dushanba 23:20 dan keyin)
Seshanba ertalab topshirib, Chorshanba javobini olib, Payshanba uchish mumkin.

Uzbekistan Airways (Juma kuni 18:20 dan keyin)
Shanba ertalab topshirib, Yakshanba javobini olib, Dushanba uchish mumkin.
Lekin buning uchun shanba, yakshanba kunlari ishlaydigan 병원-shifoxonani topishga to'g'ri keladi, agar topolmasangiz Aeroportda test topshirishingiz mumkin.

Uzairways reysi Inchondan ertalab uchishini hisobga olsak, Dushanba kuni uchadiganlar yakshanba kuni test topshirishlari kerak bo'ladi. (Uzairways 1-Terminaldan uchadi)

#Incheonairport covid-19 test markazlari jami 3ta bo'lib,(1-Terminalda 2ta; 2-Terminalda 1ta) dam olish kunlarisiz ishlaydi va avvaldan 예약-navbat olib borish kerak bo'ladi.
Testlar turli xil bo'lib, siz aynan PCR testga yoziling! ( RT-PCR)

Ayraport sayti orqali onalyn holda yoki quyidagi raqamlarga bog'lanib 예약- navbatga qo'yishingiz ham mumkin:
1-Terminal:  1600-5110
1-Terminal:  1533-2030
2-Terminal:  032-741-9000
Ushbu link orqali ham 예약 qilishingiz mumkin
#pcr #test

O'zbekiston tomonidan tasdiqlangan Koreyadagi PCR test topshirish klinikalari quyidagi linkda berilgan

Batafsil ma'lumotni keyingi postimizda telegram kanalimiz orqali malumot beramiz.

Manba: koreyadagi vatandoshlar telegram kanali