Get Mystery Box with random crypto!

Musiqa Halolmi yo Harom? ⠀ Alloh taolo aytadi:⠀ “Odamlar or | Telefon Egalariga

Musiqa Halolmi yo Harom?

Alloh taolo aytadi:⠀
“Odamlar orasida ilmsiz ravishda Allohning yo’lidan adashtirish uchun behuda so’zni sotib oladigan kimsalar ham bor. Ana o’shalarga o’zlariga xorlovchi azob bordir”(Luqmon surasi,6-oyat).⠀

Odamlar hikmat to’la Qur’onni, Allohning purhikmat so’zlarini qabul qilmasdan, ularga badalsiz taqdim etilayotgan ikki dunyo saodatiga eltuvchi ilohiy dasturga bo’ysunmasdan, qandaydir behuda so’zlarni ko’tarib yuradilar.Ha,o’sha behuda so’zlar egasi bo’lish uchun mol-mulki, hayoti, zehn-zakovatini, butun imkoniyatlarini sarflaydilar.⠀

Sahoba Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu bu oyatda musiqa nazarda tutilyabdi deb qasam ichganlar.⠀

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:⠀
“Mendan keyin shunday bir ummat,qavm keladiki,ular zinoni,ipakni,mast qiluvchi ichimlikni va musiqani halol sanaydilar”⠀
⠀(Imom Buxoriy rivoyatlari)⠀
Hadisdan ko’rinib turibdiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “halol sanaydilar” degan ma’nosida , zinoni,ipakni,mast qiluvchi ichimlikni va musiqani Haromligini aytganlar ⠀

Imom Shofe’i rohimahulloh: ⠀
“Qo’shiqlar - bu ahloqsiz ko’ngilxushlikdir. Kim unga qiziqsa aqli pastdir, va undan guvohlik qabul qilinmaydi.⠀

Imom Abu Hanifa rohimahulloh:⠀

Musiqa-tinglash buzuqlikdir,undan zavq olish esa kufrdir.⠀

Kufr-(kofirlik,rad etish,inkor etish) Allohning borligini va Muhammad sollallohu alayhi vasallam keltirgan g’aybiy xabarlarini rad etish. ⠀

"Kufr" so’zi oyat va hadislarda ba’zida Islomdan chiqaradigan, ba’zida esa Islomdan chiqarmaydigan ma`nolarda ishlatilinadi. ⠀

Imom Molik rohimahulloh:⠀
Musiqani faqat buzuq inson tinglaydi.⠀

Imom Ahmad rohimahulloh:⠀
Musiqa-iflos narsadir, qo’shiq kuylayotgan yerda o’tirish mumkin emas.⠀

Ibn Taymiya rohimahulloh:⠀
Qo’shiq kuylash zinoning shioridir. U axloqsizlikning sababidir. Musiqa va qo’shiqning ta’siriga tushgan iffatli yoshlarning qalbi pokligiga putur yetib,xamr ichuvchilar(mast qiluvchi ichimliklar)kabi,fahshga yo’l osonlashadi.⠀
Qo’shiqlar qalb uchun foyda keltirmaydi,aksincha zarar keltiradi. ⠀
⠀Hurmatli dindoshim bu Harom ishdan yaqinlaringizni ogohlantiring In shaa Alloh sizga ham ajri bo’ladi
@Telefon_Magazini