Get Mystery Box with random crypto!

15+ Hammasi juda oddiy va bir qarashda normaldek boshlanadi. | Shunchaki

15+

Hammasi juda oddiy va bir qarashda normaldek boshlanadi. Shurik Aliyani qayerdadir uchratib qolib, hattoki ijtimoiy tarmoqlarda ham, nimanidir bahona qilib gap oʻtishga urinadi. Ikkalasi ham ancha professional yoki havaskor sifatida munosabatga kirishadi. Telefonda uzoq-uzoq suhbatlar, ko'chalarni kezish, aylanishga borish vahokazoo.

Kunlar, oylar o'tgani sari bir-biriga bog'lanib qolish, hoy-u havas paydo bo'ladi. Shurik judayam isqirt bo'lgani uchun bir nechta Aliyalar bilan bu munosabatlari olib boradi. Agar Aliya ham shustriy bo'lsa, tovba qildim, buyog'ini aytmayman....

Bundan keyingi qadam, masofalar kichrayib, kissing, hugging, absorbing voqealari bo'lib o'tishi mumkin. Bular hech narsamas, ba'zan munosabatlar shu qadar chegara bilmay qoladiki, ota-onalikka havas boshlanadi.(soft qilib aytdim) (Nikohsiz, ikkita nomahram, hech joyda hech qanday rasmiy gap yo'q.)

Qop-qop va'dalar beriladi, asosan Shurikni zimmasida bus ish. Aslida hammasi tush bo'lib chiqadi majority holatlarda.. Bu shunday tushki, jamiyatga, davlatga katta miqyosda zarar keltiradi, tasavvur ham qilolmaysiz.

P/s. Ukalarim, singillarim ko'zingizni oching. Bir soatlik, kunlik rohatni deb razillikka, gunohga botmang. Haqiqiy sevgi to'ydan keyin bo'ladi, adashmasam, hal holda hayotda shunday ko'p voqealarga guvoh bo'lyapman. Harom hayotingizga, ishingizga, o'qishingizga va birinchi o'rinda o'z kelajagingizni barbod qiladi. Zero, Alloh zinoga yaqin bormanglar degan.