Get Mystery Box with random crypto!

Memlarni o'rganish fani - Memologiya Aslini olganda memlar | Teacher Azam

Memlarni o'rganish fani - Memologiya

Aslini olganda memlar shunchaki kulgili, faqatgina kayfiyatni ko'tarish uchun qilinadigan rasmlar emas. Ular jamiyatning e'tiqodi, ijtimoiy hayotidagi trendlari va ommaning qadriyatlarini ko'rsatib turadi.

Memlar o'zi bilan nozik madaniy xabarlarni olib yuradi, ijtimoiy me'yorlarni tanqid qiladi, odamlarning umumiy muammolarini ko'rsatadi.

Memlarning ortida shuncha narsa turganidan keyin albatta ularni kelib chiqishi, rivojlanishini o'rganadiganlar ham topiladi. Ularni "memolog" yoki "memologiya mutaxassisi" deyishadi. Tushunyapsizmi, siz shunchaki ko'rib kulib o'tib ketadigan rasm / videolarni o'rganadigan butun boshli fan mavjud.

Lekin bunday mutaxassis bo'lishi uchun qandaydir ilmiy darajaga ega bo'lish shart emas. Shunchaki trenddagi kino, serial, videorolik va yangiliklardan xabardor bo'lib yurishingiz kerak.

Siz qanchalik yaxshi memologsiz? Buni aniqlash uchun memlar tashlab turaman, o'shanda buni sinab ko'ramiz.

Kanalga ulanish
@teacherazam