Get Mystery Box with random crypto!

Texnika Universiteti (TDTU)

Telegram kanalining logotibi tdtu_texnika_universiteti — Texnika Universiteti (TDTU) T
Telegram kanalining logotibi tdtu_texnika_universiteti — Texnika Universiteti (TDTU)
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.58K
Kanalning ta’rifi

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti (TDTU)
Abituriyent va Studentlar uchun so'ngi va muhim xabarlar biz bilan qoling!
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Beruniy metro
: @otmuzbekistan

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-28 17:08:53
O'qishga kirgan abituriyentlar endi universiteti haqida o'ylayapti. Bitta tashvishdan qutuldi muhimi!

@talaba_tushinadi
1.2K views14:08
Ochish/sharhlash
2022-08-28 12:56:51 ​​ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar oʻqish boshlangandan keyin olib borishi kerak bo'lgan hujjatlar ro'yxati!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar institutga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).


Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!

Mana shu hujjatlarn tayyorlab qo'ying. Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling!

Kontrakt to'lovlari (2022)
https://t.me/talaba_uz_oliy_talim
2.3K views09:56
Ochish/sharhlash
2022-08-28 11:04:51
"OXFORDSHIRE" o'quv markazi tomonidan 'OSON loyihasi' hozirda barcha kurslar


99.000 etib belgilandi.

Oson loyihasiga ro'yxatdan o'tish uchun sizga talabalik guvohnomasi kerak bo'ladi

- O'quv markazimiz 2018 yildan beri faoliyat ko'rsatadi

- Kursga yozilishdan oldin shartnoma tuziladi

- Britaniyada 6 yil tahsil olib kelgan oliy ma'lumotli 15 yillik tajribaga ega pedagog rahbar metodi orqali darslar olib boriladi

Bizda:
INGLIZ TILI SPEAKING - 5-6 oyda (LOGISTIKA) Ingliz tilida qisqa vaqtda ravon so'zlashish

RUS TILI so'zlashuv - 5-6 oyda (Darslar haftada 3 marotaba 2 soatdan)

IELTS 6+ - 0 dan 8 oyda (Darslar haftada 3 marotaba 2 soatdan bo'ladi)

Bizda barcha kurslar 100% kafolatlangan!

Bugun ro'yxatdan o'tgan 50 ta talabaga Power Bank sovg'a tariqasida beriladi

24/7

+998909499992
@Oxfordshire_2018
1.1K views08:04
Ochish/sharhlash
2022-08-28 10:52:42 Kirish imtihonlarida test topshirib, oʻz natijasidan norozi boʻlganlar uchun apellyatsiya bu nima va qanday tartibda o‘tkaziladi?

27-avgust kuni test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi.
Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar 10 kun muddatda o‘z shaxsiy kabineti orqali apellyasiya shikoyatini berishlari mumkin.

U qanday tartibda bo‘lib o‘tadi?

Siz o‘z kabinetingiz orqali ariza berasiz va sizga qaysi vaqtda DTMga (Toshkentga) yetib kelishingiz ko‘rsatiladi.

Apellyatsiya bergandan so‘ng qayta test sinovlari o‘tkaziladimi?

Yo‘q! Apellyatsiyada sizga o‘zingiz yechgan test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi beriladi. Agarda savolga yoki bo‘lmasa men to‘g‘ri belgilagan edim, lekin menga ball qo‘shilmagan deb hisoblasangiz, shu fan eksperti oldiga o‘tirasiz hamda o‘zingizni e’tirozingizni ko‘rsatib o‘tasiz.

Agarda, e’tirozingiz haqiqatda o‘rinli bo‘lsa sizga shu savol uchun ball qo‘shiladi. Ekspert esa o‘z o‘rnida sizning ushbu savol bo‘yicha e’tirozingizga to‘liq javob beradi.

Yana bir marotaba qaytarib o‘taman, apellyatsiya qayta test sinovlarini topshiradi degani emas.

Davlat test markazi direktori oʻrinbosari Sardor Radjabov

@otmuzbekistan
1.1K views07:52
Ochish/sharhlash
2022-08-27 22:47:26
Alvido Abituriyentlik davrim!

Bizga qoʻshiling!
@talaba_uz_oliy_talim
1.4K views19:47
Ochish/sharhlash
2022-08-27 22:30:25 Talabalikka tavsiya etilgan talabalarni "TALABA UZ" jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz kelgusida yaxshi kadr boʻlib yetishishingizga tilakdoshmiz!
Oʻqishga kira olmagan talabalar inshaalloh kelasi yil Talaba boʻlish nasib qilsin!


@talaba_uz_oliy_talim
1.2K views19:30
Ochish/sharhlash
2022-08-27 19:47:24 #tezkor

Maʼlumotlar 100% ga joylandi va hujjatlar bazasi toʻlaqonli tiklandi. Texnik nosozliklar bartaraf etildi hozirda sayt toʻliq ishlamoqda bemalol kirib tekshirib koʻrishingiz mumkin!

Kirish: mandat.dtm.uz

PDF variantini kanalga joylamoqdamiz!

BIZGA QOʻSHILING!
@mandat_natijalari_2022_uz
1.1K views16:47
Ochish/sharhlash
2022-08-27 08:41:17 Assalomu alaykum Toshkent Davlat Texnika universiteti talabalari uchun ananaviy darslar 5-sentyabrdan boshlanadi!

@tdtu_texnika_universiteti
13.5K viewsedited  05:41
Ochish/sharhlash
2022-08-27 08:33:18
Talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamaydi

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan talabani ijaraga qo‘ygan fuqaro ham daromad solig‘idan ozod qilinadi. Talaba va ijaraga beruvchi shaxs tomonidan ijara shartnoma E-ijara interaktiv xizmati orqali ijara.soliq.uz saytiga kirib tuziladi.

@otmuzbekistan
1.3K views05:33
Ochish/sharhlash
2022-08-27 07:27:38 DIQQAT! MUHIM EʼLON!!!

2022/2023-oʻquv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun OTMda 5-sentabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 12-sentabrdan e’tiboran oʻquv rejaga muvofiq dars mashgʻulotlari boshlanadi.

Maʼlumki, yangi oʻquv yilidan boshlab barcha oliy taʼlim muassasalarining birinchi kurs talabalari uchun oʻquv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi.

Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, oʻquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.

Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida boʻlgan talabalarning oliy taʼlim muassasasiga yetib kelishi, turar-joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi.

Yuqori kurs (birinchi kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashgʻulotlari umumiy tartibda 6-sentabrdan boshlanadi.
____

Talabalarga ulashing!
@talaba_uz_oliy_talim
1.3K views04:27
Ochish/sharhlash