Get Mystery Box with random crypto!

#talabalar_teatr_studiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar | TerDPI Tabiiy fanlar fakulteti (Rasmiy kanali)

#talabalar_teatr_studiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 310-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan 2022/2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish Dasturining 31-bandi ijrosi, Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligining (14-son q/q), Madaniyat vazirligining (01-05-08-son q/q), Yoshlar ishlari agentligining (01-07/17-son q/q) 2022-yil 11-apreldagi hamkorlikda imzolangan qo‘shma qarorida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 25-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o ‘rtasida o‘tkaziladigan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 387-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat pedagogika instituti fakultet jamolari o‘rtasida 2022-yil 23-dekabr kuni saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Tabiiy fanlar fakulteti iqtidorli talabalaridan tashkil topgan "Ijodkor talabalar" jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.

https://t.me/tdpitabiiyfanlar