2022-07-07 18:02:48
KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR TALABA-YOSHLAR NIGOHIDA
Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan “Konstitutsiyaviy islohotlar talaba-yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suxbatida birinchi prorektor S.Islamov, Bo'lim boshliqlaridan D.Mustafakulov, M.Xalilova, Universitet Yoshlar yetakchisi S.Isroilov, Yuridik bo'lim yuristi B. Bekmurodov, Zooinjeneriya fakulteti dekani o'rinbosari N. Tojiev va faol-iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.
So‘zga chiquvchilar xalqimizning yangi davrdagi o‘zgarishlarga befarq bo‘lmasdan, o‘zlari tashabbus ko‘rsatib, mamlakatda kechayotgan keng ko‘lamli islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga intilayotganligini hamda konstitutsiyaviy islohotlarni xayrixohlik va yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlashni alohida ta’kidladilar.
Tadbirda faol ishtirok etganlar taqdirlandilar.
TDAU TALABALAR KANALI
@tdau_talabalari
Guruhi @tdau_talabalarii
243 viewsМухаммадиева, edited 15:02