Get Mystery Box with random crypto!

#TATU #Zakovat Ilk bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshke | @TATU_QF_Yoshlar_ittifoqi

#TATU
#Zakovat

Ilk bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning barcha filiallarining bilimdon talabalari o'rtasida qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida “Zakovat” intellektual o'yini bo'lib o'tmoqda.

"Zakovat" intellektual o‘yini turnirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan 14 ta jamoa qatnashdi.

Birinchi bosqichda 7 ta jamoa qatnashib, undan 4 ta jamoa, ikkinchi bosqichda esa 7 ta jamoadan 3 ta jamoa finalga yo'l oldi.

Final o’yini juda qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda bo'lib o'tadi.

“Zakovat” intellektual o'yinidan foto lavhalar

Kundan kunga talabalar o’rtasida yuzaga kelayotgan intellektual muhit o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Universitetimizda tobora ommalashib borayotgan “Zakovat- intellektual o’yini” esa ularni bir joyga jamlash, bilimini namoyon etish va oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Foto lavha #1