Get Mystery Box with random crypto!

Mazali yumshoq bulochka. 2 kun qayta qayta tayyorlab yeb toʻy | Tass_cooking ⚜️

Mazali yumshoq bulochka. 2 kun qayta qayta tayyorlab yeb toʻymagan bulochka.

Kerakli masalliqlar:

250 gr sut
100 gr shakar
1osh qoshiq droja
1 ta tuhum
60 gr saryog'
500 gr un

Nachinka uchun:

400 gr tvorog
4 osh qoshiq smetana
100 gr shakar
1 ta tuhum
Limon sedrasi.

Ustiga:

1ta tuhum sarig'i
1 osh qoshiq sut.

Tayyorlanishi:

Sutni ilitib olamiz. So'ng Iligan sutga droja, shakar, tuhum,xona haroratida erigan saryog' va un solib yumshoq xamir qoramiz.
So'ng oshirish uchun olib qo'yamiz.
Oshgan xamirimizani ikkiga bo'lib,yoyib olamiz.

Nachinka tayyorlash:
Tvorog, smetana,tuhum, shakar va limon sedrasini aralashtirib olamiz.

Yoyib olgan xamirimizani olib vidioda ko'rsatilgandek kesib,tugib olamiz.
Biroz oshgach,tuhum sarig'iga sut aralashtirib aurib chiqamiz.

180 gradusda 30-35 daqiqa davomida pishirib olamiz.