Get Mystery Box with random crypto!

Kuksi Kerakli masaliqlar Kuksi lapshasi 300 gr mol goshti 1 | Tass_cooking ⚜️

Kuksi
Kerakli masaliqlar

Kuksi lapshasi
300 gr mol goshti
1 dona piyoz
4 dona dungan qalampiri
Yarimta karam
6 8 dona bodiring
3 4 dona pomidor
4 ta tuhum

Ziravorlar
Chesnok
Soya
Uksus

Tayyorlanishi :

Kuksi suvi uchun
2 ta bodiring 2 ta pomidor qirgichdan chiqaramiz
Maydalangan chesnok
1 qoshiq shakar
Tabga kora tuz
2 3 qoshiq soya
1 qoshiq uksus quyib
Kokatlarni mayda tograb solib aralashtiramiz
1 yarim litr muzdek suv quyamiz

Goshtni marinovka qilamiz (soya tuz paprika)
Tovaga yog solib mayda togralgan chesnok qovurib olamiz
Song gosht solamiz
Unga dungan qalampirini somoncha shaklida tograb solib olamiz
15 20 daqiqaga dimlab qoyamiz
Yarimta karamni maydalab tograb
Tuz va 3 4 qoshiq osimlik yogi solib yaxshilab mijiglab yarim soatga olib qoyamiz
3 4 ta bodiringni yarim oy Simon tograb tuz hamda osimlik yogi solib hamma suvi chiqib olishi uchun yarim soatga tindirib qoyamiz
4 ta tuhumni chaqib tuz va 2 3 qoshiq osimlik yogi quyib aralashtirib blinchik qilib pishirib olamiz.
Tuhumni blinchikni somoncha shaklida tograb olamiz
Kuksi lapshasi 2 hil boladi biri qaynatiladi biri suvga ivitiladi
Suvi chiqgan karamimizni suvidan ajratib olib tovaga yog solib 1 2 minut qovurib olamiz 2 ta somoncha togralgan pomidorni qoshib aralashtirib tovani gazdan olamiz issigiga dimlab qoyamiz
2 3 qoshiq yogni qizdirib mayda togralgan chesnok paprika hamda maydalangan kashnich solib qovurib suvidan ajratib olingan bodiring ustiga quyamiz
Kuksini terishni boshlaymiz
Idishga tayyor lapshani solib bir chetiga karamli aralashmani
Goshtimizni bodiring hamda tuhumli blinchigimizni joylab olamiz
Ustidan kuksi suvini quyamiz .

Yoqimli ishtaha