Mevali rulet
Kerakli masalliqlar:
5 ta tuxum
100 gr shakar
80 gr un
1 choy qoshiq vanilin
1 chimdim tuz
Kremga
400 gr qaymoq
200 gr tvarojniy sir
150 gr saxirniy pudra
Tayyorlanishi:
Idishga tuxum oqi va chimdim tuz solib koʻpirtirib olamiz.
Oz ozdan shakar solib qattiq bize holiga keltirib olamiz. Un va vanelin elakdan oʻtkazib, koʻtarib, koʻtarib aralashtiramiz.
Listga solib tekislab, 160 gradusda 20 daqiqa davomida lishirib olamiz.
Pishgan bisvitimizni pergamentini olib, yana shu pergamentga dumaloqlab oʻrab, sovutishga qoʻyamiz.
Idishga qaymoq, tvarojniy sir, shakar upasini solib mikserlab olamiz.
Sovigan biskvit orasiga banan va malinalarni joylab rulet qilib oʻrab olamiz. Yanayam tekis boʻlishi uchun yarim soatga muzlatgichga qoʻyamiz.
Qolgan kremdan ustiga hohishga koʻra bezak beramiz .
Yoqimli ishtaha