Get Mystery Box with random crypto!

Sabzili tort. Kerakli masalliqlar: • 4 ta tuhum • 150 gr s | Tass_cooking ⚜️

Sabzili tort.

Kerakli masalliqlar:
• 4 ta tuhum
• 150 gr shakar
• 100 ml o'simlik yog'i
• 1 choy qoshiq razrexritel
• 200 gr un
• 400 gr sabzi
• 150 gr yong'oq
• 100 gr shakar upasi
• 400 gr tvarojniy sir (pinar)

Tayyorlanishi

Birinchi bo'lib tuhumni shakar bilan mikserda ko'pirtirib olamiz.

So'ng o'simlik yog'i solib yana aralshtirib olamiz.

Aralashgan massaga un va razrexritel solib silikin lapatka yordamida aralashtirib olamiz.

So'ngra qirg'ichdan chiqgan sabzi bilan maydalangan yong'oqni solib aralshtirib olamiz.

Massamizani qolipni tegiga falga yopib, shu qolibga quyib 180 gradusda 30-35 minutda pishirib olamiz.

Kremi uchun:

Tvarojniy sirni shakar upasi bilan mikserda ko'pirtirib olamiz.

Pishib olgan biskvitni teng ikkiga bo'lib olamiz.

Orasiga krem surtib olamiz, va ustini ha krem bilan to'yintirib olamiz.

Krem surtib olingach atrofiga hoxishga ko'ra krojkasidan sepib chiqamiz va dekor qilib, muzlatgichda 1-2 soat davomida tindirib olamiz.

Sabzili tort tayyor bo'ldi.
Yoqimli ishtaxa