Get Mystery Box with random crypto!

300 gr guruch 300 gr bon file goʻsht 2 ta chesnok 1 ta pomidor | Tass_cooking ⚜️

300 gr guruch
300 gr bon file goʻsht
2 ta chesnok
1 ta pomidor
1 ta piyoz
1 bogʻ koʻk piyoz
Yarimtadan rangli bolgarski
Oʻsimlik yogʻi

Qozonga yogʻ solib guruchni bitta qovurib suv solamiz. Qaynab chiqqandan keyin 1 boʻlak saryogʻ solamiz. Tegini pasaytirib dimlap qoʻyamiz.

Boshqa idishga yogʻ solib parrak toʻgʻralgan goʻsht solamiz. Biroz qovurilgach maydalangan chesnok va soya solamiz va olovini pasaytirib dimlap qoʻyamiz.

Goʻshtimiz ustidan piyoz,bolgarski, pomidor va koʻk piyoz solib bir ikki aylantirib qovurib olamiz. Hohishga koʻra bezatib dasturxonga tortamiz.