Get Mystery Box with random crypto!

Тефтел жаркоб 300 gr qiyma 5.6 ta kartoshka 1 ta qizil sabz | Tass_cooking ⚜️

Тефтел жаркоб

300 gr qiyma
5.6 ta kartoshka
1 ta qizil sabzi
1 ta posti artilgan pomidor
2 ta piyoz
Yarim piyola guruch
1 qoshiq tomat
2 dona chesnok

Ishimizni qizigan yogʻda kotta qilib toʻgʻralgan kartoshkalarni qizartirib qovurishdan boshlimiz. Ketidan piyoz,qizil sabzi solib azgina qovuramiz. Ustidan posti artilgan pomidor bilan 1 qoshiq tamat solamiz. Oxiridan balgarski solib qovuramiz. Suv solib biroz qaynatib olamiz.

Teftelimiz uchun qiymamizga 1 ta qirgʻichdan chiqarilgan piyoz, gruch,maydalangan chesnok,tuz va ziravorlar solib yaxshilab aralashtirib olamiz.
Koptokchalar yasab qaynab turgan jarkob ustiga terib chiqamiz. Olovini pasaytirib 30,35 daqiqaga dimlab qoʻyamiz. Pishgach ustiga hohishga koʻra koʻkatlar sepib dasturxonga tortamiz.
Judayam mazzali boʻladi albatta tayyorlab koʻring.