Get Mystery Box with random crypto!

Kerakli masalliqlar: 450 gr pechenye 160 gr sut 50 gr saryogʻ | Tass_cooking ⚜️

Kerakli masalliqlar:

450 gr pechenye
160 gr sut
50 gr saryogʻ

200 gr tvafojniy sir
300 gr qaymoq
100 gr shakar upasi

100 gr qaymoq
100 gr qora shokolad

Tayyorlanishi
Pechenyeni maydalap sut va hona haroratidegi saryogʻni solib aralashtirib olamiz. Hamir koʻrinishiga keladi. Streych ustiga solib bir tekis qilib yoyib chiqamiz.
Alohida idishga qaymoq, tvarojniy sir va shakar upasini solib quyulguncha mikserlab olamiz. Yoyib olgan pechenye ustidan kremni surtib rulet shaklida oʻrab olamiz. Yarim soatga muzlatgichga yuboramiz.
Ganaj uchun shokolad va qaymoqni eritib sovutib olamiz.
Tayyor bolgan shirinlik ustidan ganaj quyib hohishga koʻra bezatib olamiz.
Shirinligimiz tayyor boʻldi yoqimli ishtaha