Get Mystery Box with random crypto!

13 va 14-fevral kunlari Tashkent City sayilgohida Alisher Navo | Tashkent City Park

13 va 14-fevral kunlari Tashkent City sayilgohida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi va Muhammad Boburning 538 yilligiga bag'ishlangan xattotlik va Abru-Bahor uslubidagi asarlar ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Ko'rgazmada eng yaxshi xattotlik va Abru-Bahor texnikasi ustalari Nasiba Sotiboldieva, Xayrulla Lutfullaev, Shoyunusov Abdurashid va ularning shogirdlari asarlari namoyish etiladi. Ko'rgazmada san‘atning ushbu yo‘nalishlarining o'ziga xos xususiyatlarini va ularni saqlab qolish nima uchun muhimligini bilib olasiz.

Ko'rgazma ochilishi 13-fevral kuni soat 11:00 da boshlanadi.
Manzil: Tashkent City sayilgohi, mo‘ljal: "Orifjonboy ota" masjidi