Get Mystery Box with random crypto!

Arafa muborak! Ahli musulmonning goʻzal bayrami, Biroz koʻngi | Tajvid va tartil

Arafa muborak!

Ahli musulmonning goʻzal bayrami,
Biroz koʻngillarni gʻashlagan oni,
Ulugʻ Ramazonning ohirgi kuni,
Arafa muborak ahli dindoshim!

Tutgan har roʻzangiz qabulin koʻring,
Jannatga Rasulga roʻbaroʻ turing,
Hammangiz Hojlarga, Umraga boring!
Arafa muborak ahli dindoshim!

Ota-bobolardan bizga meros ul,
Barcha adovatni ketkazal butkul,
Bu kunda baxt bordir koʻp olamshumul,
Arafa muborak ahli dindoshim!

Yana bir diydorga umidlar qilib,
Qolamiz roʻzani 1 yil sogʻinib,
Hayitni kutaylik barcha jam boʻlib,
Arafa muborak ahli dindoshim!

Ey siz, musolmonlar qalbi quyoshim,
Arafa muborak ahli dindoshim!


@Tajvid_va_Tartil