Get Mystery Box with random crypto!

Tarixiy haqiqat📝

Telegram kanalining logotibi tarixiy_haqiqat — Tarixiy haqiqat📝 T
Telegram kanalining logotibi tarixiy_haqiqat — Tarixiy haqiqat📝
Kanal manzili: @tarixiy_haqiqat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

Bu kanal o'zim uchun online manba sifatida yaratildi sizga ham foydasi tegadi degan umiddaman!

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-02-21 10:25:52
Suratda Abdurauf Fitratni o'limga hukm qilish haqidagi hujjat. Hukm 5 oktyabrda rasmiylashtirilgan. O'zbek ziyolilari avval 4 oktyabrda otilib, ertasi kuni ularga hukm rasmiylashtirilgan.

@tarixiy_haqiqat
10 views𝗨𝗺𝗶𝗱, 07:25
Ochish/sharhlash
2023-02-20 08:18:42 O'z bobokaloni Shayboniyxon uchun qasos olgan shaxzoda haqida bilarmidingiz?

Abdullaxon II vorisi bo'lgan Abdulmo'minxon 1589-yil Mashhadga yurish qilib, uni qamal qiladi. Qamalda qolgan mashhadliklar sulh shartlari bilan kelgan Abdulmo'minning vakilini qatl ettiradi. To'rt oylik qamaldan keyin Mashhad egallandi, shahar 3 kun davomida talanib, yondirildi. Asirga olingan kishilar Movarounnahrga olib ketilgan. Muqaddas Ali Rizo qabri yonida dafh etilgan Shoh Tahmosb (1524-1576) qabri buzib tashlanib, uning suyaklari g'ayridinning suyaklari sifatida yondirilgan. Shu bilan Abdulmo'min o'z bobokaloni Muhammad Shayboniyxonning jonsiz tanasini tahqirlagan dushmanlaridan oʻch olgan.

@tarixiy_haqiqat
14 views𝗨𝗺𝗶𝗱, 05:18
Ochish/sharhlash
2023-02-20 06:57:25
"THE WASHINGTON POST" nashri jurnalistlari Buxoroning so‘nggi amiri Amir Olimxondan intervyu olishga kelganidagi fotosurat.

1930- yil Kobul shaxri

@tarixiy_haqiqat
16 views𝗨𝗺𝗶𝗱, 03:57
Ochish/sharhlash
2023-02-19 13:44:20
Buxoro amiri Amir Olimxon noyob kadrlar

@tarixiy_haqiqat
17 views𝗨𝗺𝗶𝗱, 10:44
Ochish/sharhlash
2023-02-19 08:26:58
Marv jangi xaritasi

@tarixiy_haqiqat
40 views𝗨𝗺𝗶𝗱, 05:26
Ochish/sharhlash
2023-02-19 08:20:39 Shaybonixon halokatiga sabab bo'lgan Marv jangi qayday bo'lgan edi?

1510-yil oktabr-noyabr oylari Shayboniyxon butun qoʻshinini tarqatib yuborib, Hirot yaqinidagi Jahonoro bogʻida yoʻl azobi charchoqlarini chiqarayotgan edi. Shu payt Eron shohi Ismoil Safaviyning Iroq va Ozarbayjondan Xuroson tomon kelayotgani xabari tarqaladi. Shayboniyxon Eron bilan urush shu yili boʻladi deb o'ylamagan, shuning uchun ham shayboniy sultonlarga oʻz qoʻshini bilan Movarounnahrdagi oʻz mulklariga qaytishga ruxsat berilgan edi. Shayboniyxon Hirotdan Marvga chekindi. Manbalarga tayanadigan bo'lsak o'sha paytda Shaybonixonda 17-20 ming askar , Ismoil Safaviyda 60-80 ming askar bor edi. Shayboniyxon qo'shinni qal'a tashqarisiga joylashtirdi. Qamal uzoq davom etdi , qamalning 22 kunida Ismoil Safaviy hiyla ishlatdi, hiyla ishlatishini sababi , chunki yordamga kelayotgan Ubaydullo sulton, Muhammad Temur, Jonibek Sultonlar yaqinlashib qolgandi. Xiyla shundan iborat ediki Ismoil Safaviy soxta chekinish amalga oshiradi yani u g'arbdan turklar hujumi sababli qamalni to'xtadib, g'arbga ketadi. Bu eshitgan Shayboniyxon qal'adan chiqadi va eron qo'shini ta'qib etishni buyuradi. Ammo eron qo'shinlari Marvdan 18-22 km uzoqdagi qishloqda edi. Va jang boshlanadi Shayboniyxonni o'zining "to'lg'ama" jang usuli bilan yakson qilishadi, yani asosiy qalb chekinayotganday harakat qilib ikki yon qanotdan otliqlar bilan dushmanning yon va orqa qismlariga zarba berish. Shayboniyxon qo'shini yakson qilindi , Shayboniyxon o'zining 500 saralangan jangchilari bilan bir bog'ga chekindi. Bog' kamonchilar tomonidan o'qqa tutuldi. Shayboniyni izlab, uni oʻsha bogʻ ichidagi murdalar tagidan topishdi. Xon o'z ustiga qulab tushgan qochoqlar ostida qolib, nafasi qisilganidan vafot etgan edi. Agarda yana bir kun sabr qilinganda Ubaydulla sulton va Temur sultonlar yetib kelishi, ularning Marvga 6-8 km yaqin qolgan edi va har birida 20 ming qoʻshin bor edi, bir-ikki kun ichida Eron qoʻshinining ham haqiqiy ahvoli namoyon bo'lardi.

@tarixiy_haqiqat
112 views𝗨𝗺𝗶𝗱, edited  05:20
Ochish/sharhlash
2023-02-19 00:18:57 Ubaydulloxon o'zining 3000 nafar askari bilan Boburning 60 minglik qo'shinini yengganini bilarmidingiz?

Bu jang 1512-yil 28-aprelda bo'lib, tarixda Ko'li Malik jangi nomi bilan qolgan.Ubaydulla sulton harbiy hiyla yoʻli bilan o'z vaziyatini yengillashtirgan. U oʻzining xufiyalari orqali Bobur Mirzoning katta qoʻshin bilan Buxoroga kelayotganligini eshitgach, Buxoro qamalini to'xtatgan va go'yo qochgandek boʻlib Xorazm yoʻli tomonga chekingan. Bu holni koʻrgan Buxoro dorugʻasi Bobur Mirzoga "oʻzbeklar qochdi", degan xabarni yetkazadi. Bobur Mirzo esa bu xabardan keyin Buxoroga xotirjam holda yaqinlashgan. Ubaydullaxon esa Bobur Mirzo lashkariga to'satdan hujum qilgan. Naijada shiddatli muhoraba sodir boʻlib, ancha olishuv va harakatlardan soʻng Bobur lashkari tor-mor keltirilgan. Shundan keyin Bobur Mirzo chekinib, avval Buxoroga, ertasi kuni Samarqandga boradi va vaziyat mushkulligini sezib, bir kundan soʻng oilasini olib Hisor tomonga ketadi.

Manba: Hasanxoja Nisoriy "Do'stlar yodnomasi"

@tarixiy_haqiqat
26 views𝗨𝗺𝗶𝗱, edited  21:18
Ochish/sharhlash
2023-02-18 23:56:47 O'rta asrlarda movarounnahrlik jangchilar mohirligi va jasurligi bilan nom qozonganki, "Movarounnahrdan lashkar qil, Rumdan xotin ol va Balxda makon qil" , degan naql shundan paydo bo'lgan.

@tarixiy_haqiqat
29 views𝗨𝗺𝗶𝗱, 20:56
Ochish/sharhlash
2023-02-18 23:45:27
Xiva xoni Asfandiyorxon noyob kadrlar.

@Tarixiy_haqiqat
87 views𝗨𝗺𝗶𝗱, edited  20:45
Ochish/sharhlash
2023-02-18 23:32:11
1866-yil Rossiya imperiyasining 3000 ga yaqin qo’shini Buxoro amirligiga qarshi urush harakatlarini boshladi. O’shanda rus armiyasini Qrim urushi qahramonlaridan biri bo’lgan general Krijanovskiy boshqargan.
Taqqoslash uchun aytadigan bo’lsak, Buxoro armiyasi soni 40 mingdan 60 000 gacha bo’lib, birgina Jizzaxda 20 mingga yaqin himoyachi ruslarga qarshi turgan. Buxoro armiyasi qo’mondoni sifatida amir Muzaffar umrida na urush ko’rgan va na bir dona o’q otgan sobiq qul Yoqubbekni tayinlagandi. Bu qarordan keyin ko’plab sarbozlar amir armiyasidan qochib ketishadi.
Agar Amir Nasrullo vafot etmaganda ruslarni O'rta Osiyoga kirib kelishi ham bo'lmas edi balki.
29 viewsedited  20:32
Ochish/sharhlash