Get Mystery Box with random crypto!

AQSH ning bir qancha shtatlarida 1970-yillargacha 'Ugly Law' ( | Tarixdan sirlar

AQSH ning bir qancha shtatlarida 1970-yillargacha "Ugly Law" ("Badbasharalar to'g'risidagi qonun") amalda bo'lgan. Bu qonun XIX asrda qabul qilingan bo'lib, tashqi ko'rinishida nuqsoni borlar, ya'ni qaysidir tana a'zosi anomal ko'rinishda rivojlanganlar ommaga ko'rinish berishi taqiqlangan bo'lgan. Chikagoda bu qonun 1911-yilda kuchga kirgan bo'lib, unda shunday so'zlar yozilgan edi: "Nogironlar, majruhlar va tashqi ko'rinishi boshqalarda jirkanish tuyg'usini uyg'otadigan insonlar, jamoat joylarida ko'rinishi taqiqlanadi. Agar ushbu qonun buzilsa, 1 dollardan 50 dollargacha jarima belgilanadi". Bu qonun Chikagoda 1974-yilgacha amalda bo'lgan.

Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar