Get Mystery Box with random crypto!

#tarix1 Yekaterina II Alekseyevna (1729.21.4 — 1796.6.11) — R | 💥TARIXDAN 📖 DTM TESTLARI💥

#tarix1

Yekaterina II Alekseyevna (1729.21.4 — 1796.6.11) — Rossiya imperatori (1762—96). Nemis knyazlari avlodidan. 1744-yil Rossiya imperatori Yelizaveta Petrovna panohiga kelgan. Pravoslav diniga oʻtgan va Yekaterina Alekseyevna nomini qabul qilgan. 1745-yil Pyotr III ga nikohdangan. Yekaterina II gvardiyachi ofitserlar yordamida saroy toʻntarishi yasab (1762-yil 28-iyun) Pyotr III ni qamoqqa oldirib, 5-iyulda oʻldirtirgan va oʻzi taxtga oʻtirgan. Uning siyosati dvoryanlar manfaatini himoya qilishga, krepostnoylik va mustabid hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan. Uning davrida Pugachyov qoʻzgʻoloni (1773—75) boʻlgan; rus-turk urushi (1768—74, 1787—91) natijasida Rossiya Qora dengizda uzil-kesil mustahkamlanib olgan; Shimoliy Qora dengiz boʻyi, Qrim, Kuban choʻllari, Sharqiy Gruziya Rossiya tobeligiga qabul qilingan (1783). Ukraina va Belorussiyaning bir qismi Rossiyaga qoʻshib olingan. Volter va boshqa fransuz maʼrifatparvarlar bilan xat yozishgan.

@Tarixshunoslar_N