Get Mystery Box with random crypto!

#qollanma #Eslab_qoling 6-sinf Tarix darsligi bo‘yicha (Savd | Tarix

#qollanma
#Eslab_qoling

6-sinf Tarix darsligi bo‘yicha
(Savdo-sotiq, ayriboshlash)

Nubiyaga misrliklar Nil bo‘ylab
1) oltin
2) qatron
3) fil suyagi
4) nodir navli yog‘ochlarni ayirboshlash uchun olib borganlar.

Misrliklar Falastin va Suriyadan olib kelishgan narsalar:
1) Hunarmandlar yasagan nodir buyumlar
2) Qimmatbaho toshlar.

Mesopotamiyaliklar qo‘shni Kavkazorti va Eron o‘lkalaridan donga ayirboshlab olib kelgan narsalar:
1) Oltin
2) Mis
3) Kumush
4) Qalayi
5) Noyob toshlar

Finikiyaliklar qo‘shnilariga sotgan narsalar:
1) Yog‘och
2) Metallar
3) Gazlamalar

Xorazmning
1) kulolchilik
2) temir
3) mis asboblar
4) qurollar
5) zargarlik buyumlariga talab katta bo‘lgan.

Koloniyalardan Elladaga
1) g‘alla
2) metallar
3) qullar keltirilar edi.

So‘g‘diyonadan Xitoyga olib borilgan narsalar:
1) Jun gazlama
2) Gilam
3) Zeb-ziynat buyumlari
4) Qimmatbaho toshlar

Baqtriyadan Xitoyga olib borilgan narsalar:
1) Tuyalar

Farg‘onadan Xitoyga olib borilgan narsalar :
1) Zotli otlar

Badaxshondan Xitoyga olib borilgan narsalar:
1) La’l

O‘rta Osiyo viloyatlaridan Xitoyga olib borilgan narsalar:
1) Uzum
2) Yong‘oq
3) Anor

Hindistondan O‘rta Osiyo viloyatlariga
1) Ip-gazlama
2) Paxta chigiti ortilgan karvonlar kelgan.

Xitoydan O‘rta Osiyo viloyatlariga
1) Guruch
2) Ipak matolar keltirilgan.

Bahrom Hikmatov




➥Barchaga yuboramiz➪︎
Bizning kanal
@TARIX_SIRLARI