Get Mystery Box with random crypto!

#Izhori_Ishq_2 Kundalikni o'qib bo'lgan Ashrafning y | Taqdir hikoyalari

#Izhori_Ishq_2



Kundalikni o'qib bo'lgan Ashrafning yuzi, ko'z yoshlari sabab biroz namiqib qoldi. U o'ylamagan edi, uni bir qiz shunchalik sevganini, mehrini ayamaganini, xatto izhorsiz ham unga ko'ngil bera olganini hech ham tasavvur qilolmagan edi. To'g'ri, Shodaning unda ko'ngli borligini bilardi, lekin bu darajada ekanligini tasavvur ham qilmagandi. O'zi sevgan rafiqasi, uni ham sevishi behad quvontirsa, uni noto'g'ri tushunib boshqa qiz bilan unashtirilgani ichini kemira boshladi. Shodasisiz o'tgan bir yilda ham buncha iztirob chekmagan edi. Ne-ne kunlarni ko'rmadi, lekin bunday narsani...allaqachon jonidan ortiq ko'ra boshlagan suyuklisi uni ham sevishi...sevgan inson uchun bu, xuddi, eng oliy baxtdek! Xaqiqiy baxt!


Muqaddas xonimning qon bosimi oshavergani uchun uyga shifokor chaqirishdi. Ruhiy vaziyatdan bu holat yuz berayotganini aytgan shifokor osma ukol ulab, ishini bitirib ketdi. Uning ortidan katta farzandi bo'lmish Rizo ham kirib keldi.
--Oyijon, yana nega siqildingiz? Jonim onam, ahir aytgan edimku hadeb o'zingizni uruntiravermang deb! - koyib ketdi Rizo ham onasini
--endi bir kami sen qolgan eding aql o'rgatmagan! - Rizo tutib turgan qo'lini tortib oldi Muqaddas xonim
--oyijonimeeey! Ajoyibsizdaa! - Rizo kulgancha Muqaddas xonim tortib olgan qo'lini qayta olib o'pib qo'ydi. Onasi uning bu ishidan boshqa tomonga qarab kuldi.
--Ro'za qani? Shodachi? Undan xabar bormi? - Muqaddas xonim ko'zlarida qalqib turgan yosh bilan o'g'liga qaradi - ikkisini ham sog'indim...Ro'za ham ish deb o'zidan ortmayabdi...Shoda ham ketib qoldi...sen ham...ajrashding, Shoda ham ajrashdi, Ro'zaga esa turmush haqida so'z ocha olmay qoldim...hammangizning tashvishingiz bora bolam! Dadang ham, men ham sizlarni o'ylayverib, o'ylayverib ichimizni yemirilib ketdi! Sen ham bizdan yashirincha ajrashib olib, necha yil deganda endi kelib aytding! Afting qursin seni ham! - Muqaddas xonim yana boshini boshqa tomonga burib oldi. Bundan Rizo miyig'ida kulib qo'ydi. Endi gap boshlamoqchi edi hamki xona eshigi uch marta taqilladi, so'ng eshik dastasi buralib jilmaygancha Noza xonaga kirib keldi. Lekin bu jilmayish uzoqq cho'zilmadi. Muqaddas xonimning yonidagi yigitga ko'zi tushgach yuzini g'alati ifoda egalladi. Tushunib bo'lmas ifoda...