Get Mystery Box with random crypto!

... Ayol tugʻildi: Oʻgʻil emas “Qiz” dedilar xomush, Nega xom | 🕊TAQDIR_KANALI🍃

...

Ayol tugʻildi:
Oʻgʻil emas “Qiz” dedilar xomush,
Nega xomush… Otasi Oʻgʻil kutganmush!!!

Ayol ulgʻaydi:
Uyda oʻtir oʻqishing shartmas
Uydagi yumushni eplay olgin bas!!!

Ayol sevdi:
Unutma sevishga xaqqing yoʻq aslo!!!
Ayolda yurak yuq qalbi yoʻq goʻyo….

Ayol turmush qurdi:
Kelinsan gapirma endi boʻl soqov
Soching supurgi boʻlsin, qullaring kosov!!!

Ayol farzand koʻrdi:
Mana senga farzand nomli baxt endi oʻzingni unutgin….. unga yarat taxt!!!

Ayol qaynona boʻldi:
Aralashmang yuring jim....
Arazlab ketmasin sevgan xotinim!!!

Ayol oʻldi:
Dedilar: nega tashlab ketdingiz Nega ortda qolganni koʻzin yoshlab ketdingiz.

Ayolning haqqi yoʻq:
Oʻqishga, sevishga , oʻzin deyishga xatto ajal yetganda bir kun oʻlishga....




Manzilimiz | @TAQDIR_KANALI