Get Mystery Box with random crypto!

#kitobsevarlar_dueli haqida: 1. Duel jamoalar o‘rtasida onlin | Tanlov eslatma

#kitobsevarlar_dueli haqida:

1. Duel jamoalar o‘rtasida online bo‘ladi. (Qatnashish uchun 3-5 kishidan iborat jamoa tuzib, @bookuzbek_jizzax ga murojaat eting)

2. Jamoalar soniga qarab guruhlarga ajratiladi. Guruh bosqichida jamoalar o‘zaro bellashishadi. Bellashuv bir asar yuzasidan o‘tkaziladi. Asar @kitobchi_aka tomonidan tanlab beriladi. (Imkon qadar kitobi, pdf va audioshakli bo‘lgan, o‘qisa foyda oladigan kitoblar tanlanadi)

3. Ma‘lum muddat belgilanadi, muddat kelgach jamoalar o‘sha asar bo‘yicha bellashib, ochko olishadi.

4. Guruh bosqichida har o‘yinning eng yaxshi bilimdoniga @bookuz_jizzax dileri tomonidan chegirmalar taqdim etiladi.

5. Guruh bosqichidan so‘ng, yarim final (final o‘yinlari o‘tkazilib, g‘oliblarga kitoblar hadya etiladi).

Jamoa tuzing, nomlang, ro‘yxatdan o‘ting va ishtirok etib g‘olib bo‘ling. Hammaga omad tilayman.