Get Mystery Box with random crypto!

​Assalomu alaykum va rohmatulloh @Shonas_World da yangil | Tanlov eslatma

Assalomu alaykum va rohmatulloh

@Shonas_World da yangilik!
"Ilm yo'lidagi mujohidlar
"

Bir xayrli ish boshlash arafasidamiz. Alloh o'zi oson qilsin va manfaatli qilsin, eng muhimi munosiblar mukofotlanishiga yordam bersin. Bunaqa ishlarga anchadan beri qo'l urmay qo'yilgan, shuning uchun biror qusur-kamchilik bo'lsa, aybga buyurmaysiz.

Qanday loyiha? Shartlari qanday?
- Konkursga "Ilm yo'lidagi mujohidlar" deb nom qo'ydim. Nega bunday nomlaganimni birozdan so'ng bilib olasiz. Xo'sh, endi konkurs shartlarini tushuntirib o'tsam:

1. Albatta,
@Shonas_World kanaliga a'zo bo'ling. Busiz bo'lmaydi

2. Ushbu postni kanallar va guruhlarga tarqating. Maqsad kanalga odam to'plash emas, katta auditoriyali konkurs uyushtirish

3. Hashtagga mos bir yoki ikki (maximum to'rt-besh) gapdan iborat bo'lgan bir post yozing. Loyiha hashtagini
Ilm oling, chunki... deb tanlashga qaror qildim. Ya'ni qilishingiz kerak bo'lgan ish, ilm olishga yoki kitob o'qishga shunday go'zal da'vat qilingki, o'qigan inson bundan ruhlansin va ilm yo'lida quvvatlansin (boshqacharoq aytganda motivatsiya olsin )

4. Yozgan postingizda ism yoki nick qo'yilgan tayyor holatini
@AshiqulVadud profiliga jo'natasiz, botda hammasi aralashib ketishi mumkin. (Kanallarga tarqatganligingizga isbot bo'lguvchi skrinshotlar kerak emas. Vijdoningizga havola qilamiz. Sizga ishonamiz )

G'oliblar qay tarzda aniqlanadi?

- O'zim va bir necha kitobsevar do'stlar maslahat qilib eng munosiblarni tanlaymiz, like/prosmotr to'plab o'tirishni keragi yo'q. Ularga aslo e'tibor berilmaydi.

Sovringa qanday kitoblar qo'yilgan?

- Endi, eng qiziq joyiga kelsak, SOVG'ALAR!

- "Iymon" Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
- "Men" Fotih Duman
- "Har ayol Hojardir" Nuriye Cheleyen
- "Halol luqma" Rauf Jilesun
- "Allohga qoching" Ug'ur Qo'shar


Sovg'ani berish tartibi ham boshqacha bo'ladi. Ataylab raqam qo'ymadim. Ya'ni birinchi, ikkinchi o'rin qilmadim. Konkurs tugagach, g'oliblar uchun guruh ochiladi va ular qaysi kitobni olishlarini o'zlari kelishib olishlari mumkin. Chunki sovg'aga qo'yilgan kitoblarning ba'zilari kimlardadir bo'lishi va yutuqqayam o'sha kitob tushib qolishi mumkin. Shuning uchun shu yo'lni tutishga qaror qildim.

Konkurs qachon boshlanib, qachon tugaydi?
- Konkursga qabul 3-mart 8 : ⁰⁰ da boshlanadi va birin-ketin kanalga joylab boriladi. 4 kun davomida postlarni qabul qilib olaman. 7-mart 20 : ⁰⁰ da qabul tugaydi va 8-mart kuni kechki payt g'oliblar e'lon qilinadi, insha'alloh.

Alloh taolo boshlayotgan ishimizga fayz-u baraka kiritsin. O'zi oson yo'llaridan ko'rsatsin. Ishtirokchilarga esa omad va muvaffaqiyatni ato etsin!
Allohumma a'meen!