Get Mystery Box with random crypto!

​ TADAM-TADAM Kutganmidinglar? tayyormisizlar? ' | Tanlov eslatma

​ TADAM-TADAM
Kutganmidinglar? tayyormisizlar?

" Kitobxonlik MARAFONI "
nomli tanlovimizni boshlaymiz!!!

Kitoblar o'qing — kitoblar yuting

Qoidalar

1) Har kuni eng kamida 15-20 betdan kitob o'qishingiz kerak. ( Undan kam bo'lsa JARIMA 14 BET bo'lsa ham )
Ashaddiy kitobxo'rlarga betlar soni cheklanmagan —100, 200, 300... bet.

2) Har kuni (00:00 dan — 23:59 gacha ) @Bahrizamon profiliga necha bet o'qiganingizni va qaysi asardanligini yozib borasiz.
#Chellenge 01.03.2022 soat 00:00 dan boshlanadi !

3 )
Har qanday sharoitda ham har kuni kitob o'qishingiz va aytilgan manzilga natijani yozib borishingiz kerak ( agar bir kun natijangizni yozmasangiz (50- bet ) JARIMA olasiz shuning uchun ham 15 bet bo'lsa ham o'qib qo'ying ) Bu ishga VIJDONAN yondashasizlar degan umiddaman

4 ) " Kitoblar bor — 1 ta varog'ida 1 ta surat va 5-6 ta so'z bor xolos . Ularning shunaqa " ko'p" so'zli 4-5 varog'ini boshqa kitobning 1 ta varog'iga tenglashtirsa bo'ladi". Agar shunday asarlar o'qisangiz yuqorida aytganimdek 4-5 ta rasmli varog'idagi gapni 1 ta varoq deb olib keting okeymi?

Har kunlik natija kanalda e'lon qilinib boriladi. (istisno bo'lib qolishi mumkin )

#Chellenge 1-iyulgacha davom etadi, umumiy natijalar ham shu kunda e'lon qilinadi.

Eng yaxshi natija egasi ( lari ) — kitob (lar) bilan taqdirlanadi !

Yana bir qo'shimcha sovg'am —
tanlov boshlangandanidan-tugagunigacha { 50 + ta } kitob o'qigan kitobxonga alohida sovg'a beraman


P/s: #Chellenge shartlari ma'qulmi? Yana qanday shartlar bo'lishini xohlar edingiz? Fikrlaringiz, takliflaringiz , shikoyatlar bo'lsa ularni ham qabul qilaman ! Qabulxona 24/7 rejimida ishlaydi

@Kitobxon_lar_klubi Kitoblarga oshno qalblar makoni