Get Mystery Box with random crypto!

Xorazm viloyatida “One Million Uzbek Coders” TOP-100 talikdan | Ta’lim yangiliklari

Xorazm viloyatida “One Million Uzbek Coders” TOP-100 talikdan joy olgan  gʻolib oʻqituvchlar 1-oktabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” arafasida taqdirlandilar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, IT Park hamda “Dubai Future Foundation” hamkorligidagi  “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan umumtaʼlim maktablarining 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻqituvchilari har yili anʼanaviy ravishda ragʻbatlantirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli bilan taqdirlanib kelinmoqda.

Bugun viloyatimizdagi 16 nafar gʻolib informatika fani oʻqituvchilariga sertifikat hamda 5 400 000 soʻmdan pul mukofoti topshirildi.

Bugun viloyat miqyosida o‘tkazilgan tadbirda Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov sertifikat va mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

@Xorazm_XTB