Get Mystery Box with random crypto!

«ONE MILLION UZBEK CODERS» loyihasi g‘oliblari taqdirlandi «O | Ta’lim yangiliklari

«ONE MILLION UZBEK CODERS» loyihasi g‘oliblari taqdirlandi

«One Million Uzbek Coders» loyihasi doirasida umumta’lim maktablari Informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilinib, TOP-100 nafar o‘qituvchilar ro‘yxati shakllangani haqida avvalroq xabar bergandik.

Tanlov doirasida bu yil Top-100 ro‘yxatda Toshkent viloyati o‘qituvchilaridan 10 nafari yuqori natijani qo‘lga kiritdi.

Bugun ushbu tanlov g‘oliblari sifatida viloyatimizdan 10 nafar informatika fani o‘qituvchilari taqdirlandi. Ularning har biriga Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan maxsus sertifikat va 5 400 000 so‘m pul mukofotlari berildi.

@talimda