Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli avlod - qizlarni zamonaviy AKT sohasiga o’qitishdan bo | Ta’lim yangiliklari

Raqamli avlod - qizlarni zamonaviy AKT sohasiga o’qitishdan boshlanadi!

Mamlakatimizda qizlarni raqamli texnologiyalarga o’qitish eng muhim va prioritet masala hisoblanadi.

IT sohasiga qiziqqan 120 nafar o’quvchi qizlar uchun dunyoda eng dolzarb bo’lgan Iqlim o’zgarishi muammosiga Sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yechimlarni topish bo’yicha amaliy o’quv seminarlar o’tkazildi.

O’quv seminar 3 kun davomida davom etgan bo’lib, Xalq ta’limi vazirligi, AKT vazirligi, IT Park hamda ITS markazi hamkorligida tashkil qilindi.

G’oliblarga noutbuk va esdalik sovg’alari topshirildi.

Siz ham IT sohasiga qiziqsangiz va turli o’quv seminar va tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo’lsangiz kanalga a’zo bo’lib qo’ying, sizlarni qiziqarli yangiliklar kutmoqda.