Get Mystery Box with random crypto!

To‘lov-kontrakt narxlari oshishiga rasmiy munosabat bildirildi | Ta'lim Bugun | Rasmiy

To‘lov-kontrakt narxlari oshishiga rasmiy munosabat bildirildi

Oliy va o‘rta vazirligining xabar berishicha, bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-oʻquv yili uchun hali tasdiqlanmagan va endilikda tasdiqlanishi kutilmoqda.

Amaldagi tartib bo‘yicha avval bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlanadi, shundan so‘ng moliyaviy mustaqillik berilgan taʼlim tashkilotlari bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 3 baravarigacha (undan oshmagan) miqdorda o‘zlari alohida kontrakt narxlarini belgilaydi.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu masala rasmiy eʼlon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan taʼlim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz deb hisoblashini ma’lum qilgan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6