Get Mystery Box with random crypto!

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan maktab taʼlimi tizi | Ta'lim tizimi

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan maktab taʼlimi tizimida yuqori natijalarga erishayotgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan yana bir xayrli tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshdi. Aniqroq aytganda, yurtimizdagi 1697 nafar o‘qituvchi Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama sohiblariga aylanishdi. 

Ular joriy yilning aprel oyidan dekabr oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln so‘m) har oylik ustama olishadi.

O‘ylaymanki, boshlangan mazkur ezgu harakat nafaqat ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning kelgusidagi faoliyatlariga, balki boshqa pedagoglarga ham katta motivatsiya berishi, ularning ham o‘z ustilarida ishlashlari orqali ijobiy natijalarga erishishlariga turtki bo‘ladi.

Vazir jamg‘armasidan ustama olishga munosib nomzodlarni tanlab olish jarayonlaridan barchangiz xabardorsiz. 5000 mingdan ortiq nomzodlari berilgan usozlardan 2 bosqichda sinov jarayonlari o’tkazildi.

Dastlabki bosqichda Davlat test markazi tomonidan “Boshlangʼich taʼlim”, “Аniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Аmaliy fanlar” yoʼnalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʼyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari boʼlib oʼtdi. Ikkinchi bosqichda esa kasbiy mahoratni baholash uchun suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, ilk bosqichda 100 foizlik natijani qayd etgan ustozlarimiz kasbiy mahoratni baholash uchun o‘tkazilgan suhbat jarayonlarida ham yuqori ballarni qo‘lga kiritishdi. Demak, bu ustozlar faqat o‘zlarining fanlarini yuqori darajada bilibgina qolmay, ularni o‘z o‘quvchilariga yetkazib berishda ham yuksak kasbiy mahoratga egalar.

To‘g‘ri, tanlov jarayonlariga bir yo'la tizimdagi barcha malakali pedagoglarni qamrab olish imkonsiz. Ammo ahamiyatlisi shuki, o‘qituvchilar har yili Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustamaga nomzod bo‘la olishadi. Har yili Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning saralash jarayonlari o‘tkaziladi.

Fursatdan foydalanib, ushbu ustamaga ega bo‘lgan barcha ustozlarimizni muborakbod etaman hamda ularning kelgusi faoliyatlarida yana-da yuksak zafarlar tilab qolaman. Va o‘quvchilarimizning kelgusida Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga munosib insonlar bo‘lib kamolga yetishida yana-da ko‘proq hissa qo‘shishiga umid bildiramiz.

Tanlovda qatnashgan, ammo g‘olib bo‘la olmagan qolgan ustozlarimiz ham ko‘ngilni cho‘ktirmay, keyingi sinov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishlarini so'rab qolaman.

O‘z kasbining munosib vakillari, fidoyi o‘qituvchilarning mehnati, albatta inobatga olinadi va rag‘batlantirib boriladi.