Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi bitiruvchilarni stajirovkaga taklif etadi | Talabalar kanali

Davlat test markazi bitiruvchilarni stajirovkaga taklif etadi

Davlat test markazi tomonidan davlat xizmatiga eng munosib kadrlarni tanlash va istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi ishlab chiqildi.

Mazkur dastur oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kursi (bakalavriat, magistratura) da o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, ularning stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik zaxiraga kiritish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Mazkur dastur doirasida Davlat test markazida stajirovka o‘tash istagini bildirgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalari o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obyektivka) ni 2022-yil 1-noyabrdan 10-noyabrga qadar @stajyor_bot telegram botiga yuborishlari mumkin.

Davlat test markazi

@otmuzbekistan