Get Mystery Box with random crypto!

Pul o‘lsin-a! Rossiyadagi so‘ngi voqealar sabab juda ko‘plab | Talabalar kanali

Pul o‘lsin-a!

Rossiyadagi so‘ngi voqealar sabab juda ko‘plab ruslar O‘zbekistonga kelishmoqda. Afsuski, bu ijaralarga ham juda yomon tarzda ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayrim ijara beruvchilar kelishuvga ham, shartnomaga ham tupurib qo‘yib, yo ijara narxini keskin oshirmoqda, yoki ijaradan chiqib ketishni talab qilmoqda.

Buning sababi oddiy: O‘zbekistonga Rossiyadan kelganlar ijara uchun qimmat narx to‘lashga tayyor, ular ancha-muncha pul bilan kelgan, puli bori kelgan, albatta. Bizning ko‘pchilik ijara beruvchi o‘zbeklarimiz esa 3-4 so‘m pulni deb o‘z vatandoshini qiyin holatda qoldirmoqda, afsuski.

Nima ham derdik, Xudo insof bersin.

Kuzatib boring:
@otmuzbekistan