Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilarining to‘liq stavkada ishlash | Talabalar kanali
Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilarining to‘liq stavkada ishlashiga ruxsat berildi
Hukumatning 3-oktabrdagi [561-son] qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 o‘quv yilida:
barcha tibbiyot va OTMlarning «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Tibbiy-profilaktika ishi» yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida;
barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.
«Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Tibbiy-profilaktika ishi» yo‘nalishlari bo‘yicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashg‘ulotlarning nazariy qismini masofaviy o‘zlashtiradi.
Sog‘liqlni saqlash vazirligi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va birinchi bosqichda 2022-yil 1-oktabrdan Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022-yil 1-noyabrdan barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi.
Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!. Yangiliklarni telegram sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin. Rasmiy kanal: @...