Get Mystery Box with random crypto!

​​Ijara masalasi borgan sari jiddiylashyapti So‘nggi yillarda | Talabalar kanali

​​Ijara masalasi borgan sari jiddiylashyapti

So‘nggi yillarda, yillarda emas, oylarda ijara narxlari keskin o‘sdi, o‘sishda davom etyapti. Ayniqsa, poytaxt Toshkentdagi vaziyat juda jiddiy. Avgust oxiri, sentabrning boshida talabalar kelishi bilan taranglik kuzatilgan bo‘lsa, bu muammo hal bo‘lmay Rossiyadan navbatdagi oqim tufayli talab yana oshib ketdi. Tabiiyki narx ham. Ayni paytda aholi daromadlariga nisbatan uy-joy va ijara narxlarida shu qadar nomutanosib vaziyat yuzaga keldiki, bu boshqa ijtimoiy muammolarni ham tug‘dirishi aniq.

O‘zbekistonda ijara narxlari qimmatligi, aniqrog‘i uylar bahosi va eng muhimi – aholi daromadlariga nomutanosibligi haqida ko‘p gapiriladi. Ijara bozorining asosiy xaridori bo‘lgan oddiy ishchilar 4-5 mln atrofida maosh olishsa, shundan eng kamida 3-3,5 mln so‘mini ijaraga sarflashga majbur bo‘lmoqdalar. Albatta, hozirgi holat har qanday insonga, ijarada yashayotgan talabalarga ham ta’sir qilmasdan qo‘ymaydi.

Darvoqe, ijaraga beruvchilar xorijdan kelganlar taklif qilayotgan katta pullarga qiziqib, o‘zimizning nisbatan arzon to‘lab turgan qorako‘zlarni xonadonlaridan chiqarib yuborayotgani ham kuzatilyapti. Bu endi juda uyatli holat, afsuski.

Kuzatib boring:
@otmuzbekistan