Get Mystery Box with random crypto!

Talaba | official 🎓

Telegram kanalining logotibi talaba_talabalar_grantlar — Talaba | official 🎓 T
Telegram kanalining logotibi talaba_talabalar_grantlar — Talaba | official 🎓
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.10K
Kanalning ta’rifi

Ⓜ️Самый большой канал для студентов и абитуриентов.
▪️ Новости образования | Гранты | Актуальная информация
Если цель точна, то победа за нами!
Саволлар учун➡️ @abituriyent_aloqabot
Реклама жойлаш учун ➡️ @jahonuz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 4

2023-03-13 17:18:19
Yaponiyada maktab darsligi muqovasiga Sherdor madrasasi surati joylashtirildi

Samarqand shahridagi dunyoga mashhur Registon majmuasida joylashgan Sherdor madrasasi surati Yaponiya umumtaʼlim maktablarining “Jahon tarixi” darsligi (9-12-sinflar) muqovasiga joylashtirildi.

Darslik Yaponiyaning eng yirik “Yamakawa Shuppansha Ltd.” nashriyoti tomonidan tayyorlangan.

Qoʻllanma aprel oyidan boshlab yangi oʻquv yilida tarix fanidan darslik sifatida foydalanish rejalashtirilgan.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.0K views14:18
Ochish/sharhlash
2023-03-11 12:02:21
#Motivation
Har tong, uyqidan turib, fikrla: «Bugun mening omadim keldi, - men uyg‘ondim. Men hayotman, menda mana bu bebaho inson hayoti bor va men uni behuda sarflamayman».
Dalay Lama

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.6K views09:02
Ochish/sharhlash
2023-03-07 08:51:04 #bu_qiziq

Siz bu faktlar haqida bilmas edingiz


Ko'pchilik o'z tirsagini yalay olmaydi (Urunib ko'ring:)
Timsoh tilini og'zidan tashqariga chiqara olmaydi;

Qisqichbaqaning yuragi uning boshida joylashgan bo'ladi;

Agar siz o'ta qattiq aksirsangiz, qovurg'angizni sindirib olishingiz mumkin;

O'rtacha umringiz davomida siz uxlayotganingizda o'zingiz bilmagan holda 70 ga yaqin turli xil hasharotlar va 10 ta o'rgimchak yoki undan ko'proq "narsalarni" yeb qo'yasiz;

Barmoq izlari kabi har kimning til izi ham har xil;

O'rtacha odamning chap qo'li matn terishning 56 foizini bajaradi;

Bodom shaftoli oilasiga kiradi;

Los-Anjelesning to'liq nomi "El Pueblo de Nuestra Senora la Reina de los Angeles de Porciuncula";

Mushukning har bir qulog'ida 32 ta mushak bor;

Tuyaqushning ko'zi miyasidan kattaroqdir;

Yo'lbarslar faqat chiziqli mo'yna emas, balki chiziqli teriga ham ega;

Ko'p odamlar yetti daqiqada uxlab qolishadi;

Ana shunaqa gaplar! Siz bu faktlarning qanchasini bilarkansiz? Do'stlaringiz-chi?

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.5K views05:51
Ochish/sharhlash
2023-03-06 16:22:03 Endilikda 11-sinfda o‘qib, universitetga ham hujjat topshirsa boʻladi

IDU Xalqaro IT universiteti bu imkoniyatni barcha 11-sinf o‘quvchilariga va litseyda, texnikumda oʻqiyotganlarga taklif qiladi.

Yaʼni maktabni tugatmay turib TALABAsiz, aqlbovar qilmaydi.

Maʼlumot uchun, hujjatlar 9-mart kuniga qadar qabul qilinadi. Qabul imtihonlari esa 11-mart kuni boʻlib oʻtadi.

Shoshiling, juda oz vaqt qoldi!

Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi
havola ustiga bosing!

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.1K views13:22
Ochish/sharhlash
2023-03-05 11:40:53 Tarix va geografiya fanlaridan namunaviy test topshiriqlari va test spetsifikatsiyasi

Tarix
va geografiya fanlaridan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi.

Geografiya fanidan:

test spetsifikatsiyasi;
namunaviy test topshiriqlari;

Tarix fanidan:

test spetsifikatsiyasi;
namunaviy test topshiriqlari.

Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari ilk bor 2023-yil 21-may kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 24-apreldan 7-mayga qadar my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.4K views08:40
Ochish/sharhlash
2023-03-03 16:20:54
#OGOHLIK

Farzandingizga bu videoni albatta koʻrsating!

Bolalar aldanishga moyil bo'ladilar, ular yomon niyatli odamlarni farqlay olmaydilar. Shu boisdan ham bugungi kunda bolalar bilan bog'liq jinoyatlar soni keskin oshmoqda.


Bunday jinoyatlarning aksariyati ta'lim muassasalari bilan bevisita bog'liq tarzda, maktabga kelishda yoki maktabdan qaytishda sodir bo'lyapti.

Yuqoridagi videoda begona zararli shaxslar ta'siriga tushib qolmaslik usullari o'rgatiladi.

Asosiy qoidalar:
Begona mashinaga chiqmaslik;
Begonalar bilan gaplashmaslik;
Begonalarga shaxsiy ma'lumotlarni aytmaslik.

Videoni barcha yaqinlaringiz bilan ulashing. Zero, ogoh bo'lmasak, ertangi nishon bizning yaqinlarimizdan kimdir bo'lib qolishi mumkin!

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.0K views13:20
Ochish/sharhlash
2023-03-02 04:19:35 Keyingi milliy sertifikat imtihonlari qachon bo'ladi degan savollarga o'rin qolmadi

Bilim va malakalarni baholash agentligi umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigini e'lon qildi.

2023-yilning 1-yarmida kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda 2023-yilning 1-yarmi uchun milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra kimyo va fizika fanlaridan:

ro‘yxatga olish — 23-fevraldan 8-martgacha;
test sinovlari — 2-aprel kuni;

ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan:

ro‘yxatga olish — 3-apreldan 16-aprelgacha;
test sinovlari — 30-aprel kuni;

tarix va geografiya fanlaridan:

ro‘yxatga olish — 24-apreldan 7-maygacha;
test sinovlari — 21-may kuni o‘tkaziladi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.6K views01:19
Ochish/sharhlash
2023-02-28 12:36:08 BILARMIDINGIZ ?

Yozuvimiz bir haqimizda ma'lumotlar berishi mumkinligini bilarmidingiz?

Yozuvning qiyalik holati:
oʻngga yotgan:
yangi doʻstlar orttirishni va suhbatlarni yoqtirasiz;
toʻgʻri yozuv: odatda emotsiyalaringizni yashirib yurasiz;
chapga yotgan: yolgʻiz ishlashni yoqtirasiz.

Yozuvning hajmi:
katta:
ochiq shaxsiyat egasisiz;
oʻrta: moslashuvchan va vazminsiz;
kichik: diqqatingizni oson jamlay olasiz.

So'zlar orasidagi masofa:
katta joy tashlab yozish: erkinlikni sevasiz, gavjum joylarni xush koʻrmaysiz;
bir-biriga yaqin yozish: yolgʻizlikni yomon koʻrasiz.

Bosim
bosib yozish:
masʼuliyatli, ammo qaysarsiz;
yengil yozish: sezgirsiz, biroq sizda gʻayrat yetishmaydi.

Aniqlik
tushunarsiz yozuv: sirli shaxssiz va tez fikrlaysiz;
– aniq yozuv: oʻzingizfa ishongan va sokinsiz.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.4K views09:36
Ochish/sharhlash
2023-02-27 16:54:04 Abituriyentlar uchun duolar toplami

Aksariyat abituriyentlar 2023-yilgi kirish imtihonlariga qattiq kirishib, kunu tun talaba boʻlish niyatida harakat qilmoqdalar. Darhaqiqat, talaba boʻlish uchun astoydil harakat qilish talab etiladi. Binobarin, raqobat kuchli, yil sayin talaba boʻlishni maqsad qilganlarning soni ortib bormoqda.

Shu bilan birga, abituriyent Allohga tavakkul qilishi hamda ota-ona, ustoz va yaqinlarining duosi olishi ham lozim. Muhimi, qalbda – ilm egallash hamda bu ilmi ila Vatani, xalqi, oilasi xizmatida boʻlish niyati boʻlsin.

1. «Robbi yassir va la tuʼassir. Robbi tammim bil-xoyri».
Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.

2. «Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ʼuqdatan min lisani yafqohu qovliy» (Toho, 25-28).
«Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bagʻrimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar.

3. «Robbi zidni ilman va fahman».

Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
2.3K views13:54
Ochish/sharhlash
2023-02-25 22:42:55
Chet tilini bilgan yoshlarimiz o‘zini-o‘zi band qilish - frilansing orqali ham o‘z uylaridan chiqmasdan, chet eldan qo‘shimcha daromad ishlamoqdalar. Siz ham bunday imkoniyatdan foydalaning!

O‘zbekistonlik frilanserlar o‘tgan yili deyarli 12 mln dollar daromadini pul o‘tkazish yoki Payoneer tizimi orqali mamlakatimizga o‘tkazgan, bu 2019-yilga nisbatan 7,4 barobar ko‘pdir!

Bu ularning barcha topgan mablag‘lari emas albatta, chunki ularning ko‘pchiligi chet eldan topgan daromadiga chet davlatning o‘zidan ko‘pgina boshqa mahsulot va xizmatlarni ham xarid qilishadi.

O‘zini-o‘zi band qilib ro‘yxatdan o‘tkazilsa, frilansing bo‘yicha topgan daromadiga qo‘shimcha soliq to‘lanmaydi.

Siz ham internetdagi vaqtingizni bekor o‘tkazmang. Chet tilini o‘rganib, qaysidir sohada mutaxassis bo‘lib, portfolioni kengaytirib, uydan chiqmasdan qo‘shimcha daromad olayotgan hamyurtlarimiz qatoriga qo‘shiling!

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.3K views19:42
Ochish/sharhlash