Get Mystery Box with random crypto!

Pinhon muhabbatim Pinhon muhabbatim, pinhona sevgim, Pinhon n | Erkin mavzu

Pinhon muhabbatim

Pinhon muhabbatim, pinhona sevgim, Pinhon nigohlarda qidirganim sen. Pinhona tuyg'ular dilimga tukkan, Pinhona hislarim malikasi sen.

Panoh topdim axir sening qoshingda,
Nogoh uchratganim - topganim sensan.
Choshgoh oshiqardim o'sha manzilga,
Nima, qachon, qayerda - qidirganimsan.

Har gal og'iz juftlab dilim ochmoqqa,
Jur'atim to'polmay qiynalganimsan.
Bir so'z ham tanlolmay izhor etmoqqa,
Aqlimni shoshirgan - hayajonimsan.

Kel, kel endi payhon etmasimdan gulistonimni,
Ichindan oralab gullar teramiz.
Qancha kitob o'qidik, qancha ma'lumot,
Birga bolalarga so'zlab beramiz.

Pinhon muhabbatim, pinhona sevgim,
Istagim - bu she'r ham pinhon qolmasin.
Faqat va'da bergin, bularni o'qib, Sening ham javobing pinhon bo'lmasin.