Get Mystery Box with random crypto!

#Live #Futbol O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- | Sirdarya Football Association

#Live
#Futbol

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi "O'zbekiston futbolini rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash hamda yoshlarning jismoniy qobilyatini takomillashtirish, sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida "Charm to'p" musobaqalari an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinmoqda.

Bugun erta tongdan Guliston tumani bolalar sport maktabi katta stadionida millionlar o'yini futbol sport turi bo'yicha 14-16 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida "Charm to'p" musobaqasining viloyat bosqichiga START berildi.

Barcha tuman- shaharlarda ko'cha, mahalla va sektor bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan 8 ta jamoa ayni damda g'oliblik uchun o'zaro kuch sinashmoqda.

Dastlab maydonda Guliston va Yangiyer shahar jamoalari to'p surishdi.

Hisob 2:0 Guliston shahar jamoasi g'olib

Qizg'in jarayonlarni biz bilan kuzatib boring

Telegram | You tube | Instagram | Facebook