Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 26-avgust kuni Boysun tumandagi 45-umumiy o‘rta | Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi

Joriy yilning 26-avgust kuni Boysun tumandagi 45-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish – ta'lim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamkorligida tashkil etilgan seminarda viloyat xalq ta'limi boshqarmasining ta'lim sifati monitoringi bo‘limi xodimlari, maktab direktorlari, trener-o‘qituvchilar, tayanch maktablarning pedagoglari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Unda maktablarning xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik jarayonlari, muammo va kamchiliklar, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar muhokama etildi.

Batafsil


Telegram|Facebook|Youtube|Instagram