Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarining 2022-202 | Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi

Bugun Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarining 2022-2023-o‘quv yili oldidan “Ustozlar milliy forumi” bollib o‘tdi.

Ilg‘or pedagoglar, taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Viloyat hokimi To‘ra Bobolov taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni, qadr-qimmatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar mohiyatiga alohida eʼtibor qaratib, ilm o‘rgatish, yoshlarga taʼlim-tarbiya berish ulug‘ fazilat ekanini taʼkidladi.

Forumda taʼlim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, viloyatda taʼlim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, munosib natijalarga erishayotgan ko‘plab taʼlim fidoyilari qatorida Surxondaryo viloyati PYMO‘ milliy markazi “Аniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Berdiyeva Oygul Bekmuratovna ham viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.