Get Mystery Box with random crypto!

#BU_FAKT Surxondaryo – eng koʻp qalampir eksport qilgan hudu | Сурхондарё 24

#BU_FAKT
Surxondaryo – eng koʻp qalampir eksport qilgan hudud

Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, 2022-yilning  yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 7 ming tonna qalampir eksport qilgan.

Qalampir eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 8 oyida Oʻzbekiston  qalampir mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 4,4 ming tonna
Qirgʻiziston – 866 tonna
Rossiya – 599 tonna
AQSH – 219,4 tonna
Germaniya – 161 tonna

Xorijga eng koʻp qalampir eksport qilgan hududlar:

Surxondaryo viloyati – 1,7 ming tonna
Fargʻona viloyati – 1,2 ming tonna
Jizzax viloyati – 777 tonna

@Surxondaryo_surxondaryoliklar